Yolg'izlik izidan quvib yashayman, Orzuga aylandi ishq ham hayot ham. Mehru muhabbatga juda tashnaman, Meni isitolmas hatto oftob ham. Hotiralar qiynar ruhimda qalqib, Yomg'irday ko'z yoshim to'kilmas garchi. Ko'kdagi qo'l yetmas oy kabi balqib, Meni aldab qo'ydi BAXTNING SOG'INCHI! Ko'rsatilgan yordam uchun Dilnozaga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz! Agar siz ham o'z ijod namunalaringizni bizning portalimizga joylashtirishni istasangiz, "Ilhom chashmalari" sahifasi orqali bizga yo'llang!
|