Meni eslarmikansan… | 1:52 PM |
Olislarga uchib ketsam, Osmonlarni quchib ketsam, Yodingdan ham ko’chib ketsam, Meni eslarmikansan?
Quyosh bo’lsam oy bo’lsam, Tuproq bo’lsam, loy bo’lsam Erta-indin men o’lsam, Meni eslarmikansan?
Gullar chiroy ochganda, G’am alamlar qochganda, Quyosh nurin sochganda Meni eslarmikansan?
Bo’ysiz gul og’ushlasang, Tikanli gul ushlasang, She’rim shunda hushlasang- Meni eslarmikansan?
|
Kategoriya: Sevgi muhabbat |
O'qishlar soni: 2077 | |
Joylashtirdi: Miss_Sitora_5757
| Reyting: 4.0
|