Hayotimni senga bag’ishlab, Hasratlarda qolibmanku yor. So’zlamabman,dardim hech kimga Armonlarim dilimda bisyor.
Hayotimni senga bag’ishlab, Ayrilganim hatto sezmabman, Yuragingni asrab-avaylab, Hiyonating o’ylab ko’rmamman. Vaqt o’tibdi, ayrilibmiz ham. Qovjurabdi guldek sevgimiz, Ko’ngil uzib ketibsan mendan Nahot boshqa-boshqa yo’limiz.
Hayotimni bag’ishlab senga O’zim haqda unutibman yor. Ishonibman sohta so’zingga, Va’dalaring qilibsan inkor. Hayotimni senga bag’ishlab, So’zlaringga shubha qilmabman. O’zga yorni ihtiyor etib Unutganing hatto sezmabman.
Hayotimni senga bag’ishlab Adashibman, adashibman yor.
|