Ko’zlarimdan yoshlarim tosh bo’lib oqar, Suymaganim suyqarib boqar. Ox zorlarim eshigim qoqar, Xudo xaqqi seni sog’indim. Senga qo’l siltamadim, Munavvar ochun, Quyoshing ko’nglimda oqmaydi sirqib Kimnidir o’ylashim yig’lashim uchun, Umrimni tularga beraman qirqib. Yulduz bisotidan tugaguncha zar Qo’yman ko’zimni osmonga tashlab, Oy yaqin keladi yuragim qadar, Labimga bir tomchi kulgu bag’ishlab. Qalbimga bostirib atirguldek iz, Sog’inib yashashdek xayot meniki. Kutganim kelar va yig’lar cho’kib tiz, Bu chiroyli sog’inch…Naxotki meniki. O’shanda yelkamdan qo’lin olar tun, Va qaytib keladi tongi kulgular. Mahzun taqdirimga qonim topgan shu, Baxtimga ko’zingiz tegmain gullar.
|