Mening ishqim sizga bo’ldimi o’yin?! O’yinni qilmoqchi bo’ldingiz qiyin. Ishqi ham o’zidek arzon, betayin Ko’ngil ko’chasida shodon kezgan yor.
Begona ekan-a vafo ko’chasi, Sizga aldangandir, yana nechasi, Yulduz sanagandek sanab kechasi Ko’ngil ko’chasida shodon kezgan yor.
Siz aytgan ertaklar endi eskirdi, Essizlarga ham endi es kirdi. Olov yuraklarga endi muz kirdi, Ko’ngil ko’chasida shodon kezgan yor.
Qaytar dunyo bo’lsa haqiqattan ham Bizning ham ko’chada bo’lar-ku bayram, O’shanda ko’raman bevafoginam Ko’ngilning ko’chasi torlik qilgan yor…
|