Nechun men kuzatib turgan yulduzlar Doim har tomonga uchib ketarlar? Ularning holidan bo'lib men hayron Yulduzlarga so'roq beraman har on:
Qay tomon uchasiz sirlarim olib- Mening dil so'zlarim yurakka solib Nechun doim xafa qilasiz meni Jim o'yga cho'maman yushunmay buni!
Uchib ketasiz-u porlaysiz yorqin Go'yoki kelasiz siz menga yaqin Shunda quvonaman eshitdingiz deb,- Shodlanib kutaman, o'chasiz lekin...
So'ng faryod chekaman, chekaman alam, Bu ulkan falakdan yolvoraman zor Nahotki shunchalar yulduzlar qolib Mening yulduzimni qilasizlar xor...
Go'yo so'zlarimdan bo'lib norizo Falak yulduzlarin so'ndirdi bir-bir Yulduzlarga berib shunchalar ozor Asta quyosh chiqib so'radi uzr...
Ko'rsatilgan ko'mak uchun Sitora Ashrafovaga minnatdorchilik bildiramiz.
|