Siz meni unutib yuborgan chog'da
Men sizni unutmay yashayveraman.
Gohida mendan uzoqlashsangiz,
Men sizga talpinib yashayveraman.
Menga baxt degani etmasa nasib,
Men sizga baxt tilab yashayveraman.
Agar yuz o'girsa barcha do'stlarim,
Birgina sizni deb yashayveraman.
Maylida kim yaxshi, kimlardir yomon.
Maylida siz yaxshi bizlarchi yomon.
Ammo bu dunyoda yolg'izlik yomon,
Yolg'izman sizni deb yashayveraman.
|