[b] Sekin shivirlading qulog'imga sen: "Bilib qo'yki seni yaxshi ko'raman, Va boshqa qaytarib aytmayman buni..." Men endi tinimsiz o'ylar suraman: Mayli, sen qaytarib aytma bu so'zni, Ezib-ezib yomg'ir yoqqan qaro tun. Yog'ilmasa mening chanqoq nigohim, Ko'zlaring aytsinlar intizor va xun. Sen aytma. Gohida ko'ksin tog' qilib, Goh mavhum bo'shliqqa uranda o'zin. Cheksiz xayolingning chuqur izlari, Mendan ayrilolmay aytsin bu so'zni. Ikkimizga bitta raqib-ul hijron, Horib-horib uzun yo'ldan qaytsin. Garchand bag'ri yara, garchand egni qon Bo'lsa-da, umidning tillari aytsin. Sen aytma, yiqilay degan chog'imda, Seni unutolmay unusam o'zni. Meni yashamoqqa chorlab va suyab, Ishonchning qo'llari aytsin bu so'zni! U so'z aytilmagan sari qadrli, Qudrating yetguncha saqlayvergin sir. So'zingning dunyoda tilmochlari ko'p, Sening aytmog'inga ne hojat, ahir? Joylashtirdi: Miss_Sitora5757 Sizda ham she'rlaringizni joylashtirish hohishi mavjud bo'lsa, marhamat, miss_sitora_57@mail.ru manziliga maktub yo'llang.
|