[b] Mayli, yod etmagin meni bir bora, Sendan menga mayli kelmasin bir sas. Mayli, sen unutgin mening ismimni, Menga bu dunyoda omon bo`lsang bas. Boshing toshdan bo`lsin qayda bo`lsangda, Lek yurak toshligi tilagim emas. Mayli senga aziz bo`lsin boshqalar, Sen mening qalbimda aziz bo`lsang bas. Bilmam senga etmoq bo`larmi nasib, Balki sen bo`larsan armon yo havas. Agarda orzuing ushalsa mensiz, Menga armonliging unutmasang bas Joylashtirdi: Miss_Sitora5757 Sizda ham she'rlaringizni joylashtirish hohishi mavjud bo'lsa, marhamat, miss_sitora_57@mail.ru manziliga maktub yo'llang.
|