[b] Chidolmadim yana qaytdim so'zimdan Yurakni allalar ishqning ertagi Aylanib ketay ohu ko'zingdan Devona ko'nglimning dalli ermagi Men keldim og'riqli kunni kechirib Ko'zlarimda qotgan zangori titroq Nilufar gullarga sog'inch ichirib Ortda bo'zlab qoldi xijroniy tuproq Keldim dilni tirnab injiq yarasin Bo'salar chizilar ishq ko'zlariga Qo'llaring yel bo'libsochni tarasin Lab bosgin ko'nglimni oy yuzlariga Keldim ishqim yana vasling changlamish Bir go'zal bahrning sardori o'zim Muhabbat men uchun sog'inch rangolish Nigohing tilaydi bag'ringa to'zim Keldim yana hislar toza bokira Qolar so'nggi imkon yetishmoq uchun Ruhimni poklaydi yorqin xotira Sen tomon, sen tomon shoshaman bugun Joylashtirdi: Miss_Sitora5757 Sizda ham she'rlaringizni joylashtirish hohishi mavjud bo'lsa, marhamat, miss_sitora_57@mail.ru manziliga maktub yo'llang.
|