Osmonlarga uchib ketsam oqqush bo'lib, Osmon menga ocharmikin bag'rin kulib? Dardlarimni sochar edim yulduz qilib Osmonlarga uchib ketsam oqqush bo'lib. Unutardim barcha-barcha qayg'ularni Jo aylardim dilga yangi tuyg'ularni, Hur osmonda hurlik ramzi bo'lar edim Oppoqina osmon qizi bo'lar edim. Osmonlarga uchib ketsam oqqush bo'lib, Aziz yorim eslarmisiz ko'kka boqib?... Tushlarizga kirarmidim, tonglar bo'lib, O'ylarmisiz, hotirani o'tta yoqib. Ox, mengina oppoq qushga aylanseydim, Uzoqlarga mangu parvoz aylaseydim, Yuraklarda o'chmas bo'lib izi qolgan Mo'jazgina muhabbatga aylanseydim. Tongni har bir jilvasida jo bo'laman, Behalovat tunlarizda tong bo'laman, Ox,qadrimga yetarsiz-ki kech bo'ladi Oqqush bo'lib yuragingizda qolaman! Osmonlarga uchib ketsam oqqush bo'lib, Osmon menga ocharmikin bag'rin kulib?... so'zlar Miss_Sitora_5757 ga tegishli Joylashtirdi: Miss_Sitora_5757 sizda ham she'rlaringizni joylashtirish hohishi mavjud bo'lsa, marhamat, miss_sitora_57@mail.ru manziliga hat yozib qoldirin va biz albatta she'ringizni ushbu saytga joylaymiz.</P>
|