...Sizni yaxshi ko'raman... | 8:54 AM |
Unutmaysizmi?.. Yaxshi qoling... Alvido endi... Ko'z yoshimga bermang e'tibor. Sizni topish orzuim edi, Yo'qotmog'im qismatimda bor. Siz ham olmang- Qolsin shamolga Dardlarimiz,gunohlarimiz... Ko'zlarimda qotgan sovolga Turtinadi nigohlarimiz: Kutmaysizmi... Unutmaysizmi?... Muhabbatsiz holim ne kechar?- Hozirdanoq kuyib ketyapman Tuyg'ularni tan olmas o'jar. Bu dunyodan to'yib ketyapman. Ado bo'lsam sog'inch dardidan, So'nggi so'zim "Birov" ning ismi... Qaylardadir siz uchun yashab, Sizning uchun o'lgan bir qizni Unutmaysizmi?.. Yaxshi boring,man yetmas joyga, Bahtli bo'ling,omon bo'ling siz. Chehrangizni quyoshda, oyda Ko'rib turay- Osmon bo'ling siz... Oramizda eskirar yillar, Eskirmaydi,vido qasami! Yurak haqqi! She'rlar, qayg'ular Kechayotgan ushbu lahzani Unutmang!... Unutmaysizmi?...
Joylashtirdi: Miss_Sitora5757 Sizda ham she'rlaringizni joylashtirish hohishi mavjud bo'lsa, marhamat, miss_sitora_57@mail.ru manziliga hat yozib qoldirin va biz albatta she'ringizni ushbu saytga joylaymiz.
|
Kategoriya: Sevgi muhabbat |
O'qishlar soni: 2026 | |
Joylashtirdi: Miss_Sitora_5757
| Reyting: 0.0
|