xali ko'rasizlar, yaqin orada qiyomat shamoli tezlab qoladi xazrati isrofil sur chalganida xar kim faryod chekib dodlab qoladi
g'iybat, fitnalardan olganda roxat jonfido do'stlarga qilolmay toqat tiriklikda bir bor qilmay ziyorat maxsharda yoqasin ushlab qoladi
kuy-qo'shiq musiqa joniga oro tuzukroq tushlar xam ko'rmaydi aslo saxnada birinchi bo'lsa xam ammo bir kuni navbatin poylab qoladi
do'stlarim so'zimdan ranjimang hecham zora da'vat ila yaqinroq bo'lsam qaniydi siz bilan bir umr qolsam lekin yo'llarimiz ajrab qoladi
shuning uchun birga xizmat qilaylik qolganlarni tezroq xaqqa chorlaylik bugun qalb orqali chopib boraylik ertaga yurolmay to'xtab qoladi
oldingizda turgan vaqtga ishonmang sog' tanangiz bergan axdga ishonmang davlatga ishonmang, taxtga ishonmang baribir barchasi muzlab qoladi
bir kuni tugaydi bu go'zal jaxon xar kimsa bir joyga borar begumon keyin boshlanganda so'nggi imtixon xamma tanishini izlab qoladi
ba'zi munofiqlar xech uyalmasdan o'sha joylarda xam bo'yin egmasdan payg'ambar ismini to'liq bilmasdan tag'in shafoatin istab qoladi
ularga qur'on xam ta'sir qilmagay iymon roxatini bir zum bilmagay alloxning yuzini xecham ko'rolmay diydorga yetolmay yig'lab qoladi
aziz birodarlar ogox bo'laylik yaqinda qiyomat tezlab qoladi mo'min degan nomga loyiq bo'laylik mo'minlarni jannat chorlab qoladi!
Ko`rsatilgan yordam uchun Muhammadga tashakkurimizni bildiramiz...
Agar siz ham sherlaringizni saytimizda joylashtirmoqchi bo'lsangiz buning uchun she'rlaringizni jet@ziyo.uz elektron manziliga yuborishingiz talab etiladi.
|