Chorshanba, 9:01 PM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
portal do'stlari
So'rovnoma
O'z sevgan yoringizga nima taqdim etishni xoxlaysiz?
Jami javoblar: 1224
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 6
Mexmonlar: 6
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2007 » Iyul » 3 » "TAVBA QIL...!"
"TAVBA QIL...!"
Ey, inson, qismating o’ylamaysanmi,
Dunyo havasiga qo’lingni siltab.
Ahir, erta o’lsang yomon nom bilan
Seni hatto bolang yurmaydi eslab.

Sen to’plagan boylik nima bo’libdi,
Sen qilgan gunohlar ulardan ko’proq.
Nafsingning quliga aylanding nechun,
Nechta savob qilding, bir o’zingga boq!

Zarlaring gunohing yuva olurmi,
Yolg’onlaring Alloh kechirarmikan?
Dushmanlaring mo’ldir, son-sanog’i yo’q,
Bir o’yla, iymonli do’sting bormikan?

Bolang uyda nonga zor bo’lganida,
Faxshning botqog’iga botganing o’yla.
Qo’ldagi sharobing ichishdan avval
Ertaga do’zahda yotishing o’yla.

Hech bo’lmasa bir bor Parvardigor deb,
Chin dildan sajdaga bosh qo’ydingmi ayt?!
Birovlardan nolib yurgandan ko’ra,
Insofga burkangan Haq yo’liga qayt.

Iymon kamarini belingga bog’lab,
Hidoyatning yo’lini sen to’g’ri deb bil.
Hayotda bir kunlik umring qolsa ham,
Tavba qil, tavba qil faqat tavba qil.

Ko'rsatilgan yordam uchun Meshayan Renisga o'z tashakkurimizni bildiramiz.

Agar siz ham sherlaringizni saytimizda joylashtirmoqchi bo'lsangiz buning uchun she'rlaringizni jet@ziyo.uz elektron manziliga yuborishingiz talab etiladi.

Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 2616 | | Joylashtirdi: Sunbula_ | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz