I Ko’rolmadim yuragim Umrimning yo’llarida Ko’zga olmay yaqinlarim Quloq soldim faqat senga Gunoh qancha rost-u yolg’on Hayotim yo’llarida Borimning ko’pidan kechdim Senga berib ihtiyorim Naqorat: Nega asramading meni azoblardan, Nega berkitmading hayot sinovidan. Nega indamaysan, Nega voz kechmaysan. Menda yo’q mador, Nega tark etmaysan yuragim. II Sanoqli edi shod kunlarim, Barbod endi orzularim. Tashnalikda o’tdi mening, Baxtga chanqoq damlarim. Soyasi yo’q, aksi ham yo’q, Endi maqsadi ham yo’q. Manzili yo’q mendek qizni, Qayga boshlar yuragim.
|