I Odamlarning gap so’zlariga Biz tomon otilgan toshlarga Bizning sevgi bardosh berolarmikin Yoqotmasdan bir-birimizni G’iybatlarni malomatlarni Bizning sevgi yengib o’tolarmikin Naqorat: Tushunmaslar nechun? Bu dunyo biz uchun Qorong’u birga bo’lmasak Ayrilib yashasak, orzuga yetmasak Yorim yonimda bo’lgin Ayriliq qo’li yetmasin Jonim jonimga aylan Ishqimiz so’nib o’chmasin II Nahotki gunohkor sanalsa Bir-birini jonu dilidan Hammadan ko’proq sevgan ikki insonlar Haqqimiz bor bahtli bo’lishga Intilishga, orzu qilishga Umid bilan yashashga
|