Payshanba, 1:46 AM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
portal do'stlari
So'rovnoma
Bizning portal haqida qayerdan bildingiz?
Jami javoblar: 552
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 2
Mexmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2007 » Fevral » 23 » Endi sevolmayman o'zgani mangu
Endi sevolmayman o'zgani mangu
Yana seni eslab yig’laydi ko’ngil,
Yig’laydi yurakning tubida armon.
Seni qo’msab ado bo’ldim, ishongin,
Abadiy ayrilmoq, oh, yomon, ishon!

Seni sevaman deb aytmagandim hech,
Qalbimda yashardi cheksiz muhabbat.
Uni izhor qilmoq, afsus, endi kech,
O’ksib-o’ksib yig’lar, esiz, muhabbat.

Ketolmaydi sira ko’zim o’ngidan,
Beg’ubor ko’zlaring, alpdek qomating.
Ishonmayman also, ishonolmayman,
Ollohga yolvorib bitdi toqatim.

O’zgalardek yonib-kuydim, demadim,
Hamroh edi hamon mislsiz sabr.
Yaratgandan menga ato etgani
Shu bo’ldi – yagona cho’qqaygan qabr.

Abadiy yurakda yashaysan o’zing,
Olovli yoshlikdan hotira bo’lib.
Mangu seni eslab she`rlar bitaman,
Qalbi yaralangan shoira bo’lib.

Endi qaytmas also qalbimga bahor,
Qaytmas endi dilga shu aziz tuyg’u.
Muhabbatimni ham qo’mdim tuproqqa,
Endi sevolmayman o’zgani mangu…

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2257 | | Joylashtirdi: Sunbula_ | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz