Payshanba, 1:44 AM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
portal do'stlari
So'rovnoma
Portalimizda sizga qaysi sahifa ko'proq yoqadi
Jami javoblar: 889
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 3
Mexmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2007 » Fevral » 23 » Shaxzodam keladi
Shaxzodam keladi
Men seni qalbimda o’zim yaratdim,
Ardoqladim hayolim bn.
Bulbul eding, guling bo’lib yayratdim,
Bahtliman o’z dunyoim bilan.

Orzuim osmonida uchaman sarhush,
Hayollarim bo’lsa ham ro’yo.
Hijron, azob o’tkinchi bir tush,
Jannatlarda yuraman go’yo.

Cho’qqilarda milt-milt yongan yolqinday,
Umid solar dilimga uchqun.
Visol oqshomlari juda yaqinday,
Hapqiradi qalbimda to’lqin.
Hayoliy shaxzodam - mehrim ardog’i,
So’nggi yupanch – hayotga undov.
Yuvgan bilan ketmas yuragim dog’i,
Madorim bir yolg’iz shu aldov.

Kutganim – shaxzodam bag’rim to’ldirar,
Hayotimga bahsh etar mazmun.
O’zi jon bag’ishlab, o’zi o’ldirar,
Ko’zim oldin qoplar yana tun.

Suvga tosh tushganday hayolim sinar,
Sizib chiqar kiprigimga nam.
Suygan bandalarin Ollohim sinar,
Shukur, deyman asli shunga ham.

Uzoqdamas, balki shundoq yonimda,
Yashar menga aziz bir inson.
Ilinj bo’lib oqar mahri jonimda,
Qaydam, kelmas balki hech qachon?!

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2062 | | Joylashtirdi: Sunbula_ | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz