Do'stlarim... | 11:49 AM |
Yolg'iz quying meni do'stlarim , Charchaganman orom olayin. Bugun menga kerakmas xech kim. Uzim bilan yolg'iz qolayin . Bugun menga kerakmas faqih. Bugun menga kerakmas sharob. Do'stlar aro ko'tarib kadax. She'r o'qish xam men uchun azob. Mayli bugun qolay gashakdan . Mensiz o'tsin buguncha guring . Bir kunga qoshimga kelmang . Bir kungina chaqirmay turing, Hey do'stlarim shunday kun kelib. Shunday so'zlar uchsa labimdan. Siz ishonmang soddalik qilib. U so'z chiqgan bo'lmas qalbimdan. Yuring deng o'shanday damda. Quloq solmang so'zlarim yolg'on. Yolvorsamda faryod qilsamda. Yolg'iz ko'ymang meni xech qachon . Va eshikga yolg'iz va tanxo. Termulmasin mayus ko'zlarim. Mayli meni o'ldiring ammo. Yolg'iz kuymang meni do'stlarim.
|
Kategoriya: Do'stlik |
O'qishlar soni: 4864 | |
Joylashtirdi: Sunbula_
| Reyting: 0.0
|