Bugun sizni so’nggi bor ko’rdim, O’z-o’zimni pichoqsiz so’ydim. Bu dunyoga kelib men faqat Nega sizni, men sizni uydim?
Bu dunyoning jafolaridan Dilim tig’lab, alamda kuydim. Bila turib, bevafoginam, Nechun sizni, men sizni suydim?
Menga boqqan ko’zlaringizdan Sevgi degan tuyg’uni tuydim. Qalbim erib shirin so’zlaringizdan Nechun sizni, men sizni suydim?
Qizlar bilan so’zlashsangiz ham, Faqatgina do’stlikka yo’ydim. Solsangiz ham yurakka alam, Nechun sizni, men sizni suydim?
Ko'rsatrilgan yordam uchun Gulnora Ortiqovaga tashakkurimizni bildiramiz.
Shuningdek sizda ham she'rlar bo'lsa bizni saytimizda joylashtirishingiz mumkin. Buning uchun she'rlaringizni jet@ziyo.uz ga yuvorishingiz talab etiladi.
|