Bizdan o’tdi. Bariga uzr! Hajringizga to’ldi qarog’im Men yashil ishq kutgandim sizdan Hayr endi sariq yaprog’im Meni nega umidvor etdi Ko’zlaringiz mehrla to’lib?! Ayting qachon to’kilib ketdim Ko’nglingizni yaprog’i bo’lib?! Ishqimizga qachon yetdi kuz Qahratonning sovuq ko’lidan Meni eslab qon – qon yig’laysiz Yuragimning atirguliday “Ketmang” desam gulday yolvorib Hazonga o’t tashlab ketguvchim O’n sakkizning bahorida Menga kuzlar hadya etguvchim Ayriliqning rangida ko’nglim! Mahzun yana, yomg’irlar singgan O’lganimda sariq gullarim Qizil gullar keltiring menga Tamom! Endi mehr kutmasman Siz ham bir gul ishqning kaftida Uchrashamiz tashlab ketilgan Sariq gullar mamlakatida...
Kategoriya: Sevgi muhabbat |
O'qishlar soni: 3204 | |
Joylashtirdi: Sunbula_
| Reyting: 5.0