Kelsa edi agar mening qo'limdan,
Hayotingni quvonchlarga to'ldirar edim.
Armonlarning o'chirardim dilingdan,
Koz'laringni faqat bahtdan kuldirar edim.
Tikanlarni olib tashlab yo'lingdan,
Hasratlaring daryolarga oqizar edim.
Hatto izlab topar edim baht qushin,
Va sening qo'lingga tutqizar edim.
Cho'mib qolsang agar g'amdan hayolga,
Shodon bir qo'shiqqa aylanar edim.
Kuylarga solardim orzularimni,
Joningga jon bo'lib boylanar edim.
Nelar qilsam yana men sening uchun,
Eng bahtli insonga aylantirolsam.
So'ng esa bahtingdan to'lib quvonchga,
Ketmas bo'lib, bir umrga yoningda qolsam.