Dushanba, 0:42 AM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
O'z sevgan yoringizga nima taqdim etishni xoxlaysiz?
Jami javoblar: 1224
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2016 » Iyun » 15 » Yolg'izlatma
Yolg'izlatma

Bilaman, tashvish mehmon, o'tkinch,
Yonimda bo'lsang bo'lmas o'kinch,
Faqat yagona bitta ilinj
Do'st keragida, yolg'izlatma...

Nimalar ko'rar ko'z bilmayman,
Sen borki yolg'iz qolmayman,
Shunda hech qachon xor bo'lmayman,
Do'st keragida, yolg'izlatma...

Kun kelsa o'zim 'to'r' o'rayman,
Bardoshim tugab jim nurayman,
Faqat sendan do'st, men so'rayman
Do'st keragida, yolg'izlatma...

Ushbu osmonning keng ostida,
Mana shu yerning keng ustida,
Ne bo'lsa ham ha rostida
Do'st keragida, yolg'izlatma...

G'amlar yelkamni bukkanida,
Dil ayovsiz yosh to'kkanida,
Orzular asta cho'kkanida,
Do'st keragida, yolg'izlatma...

Ishonishmasa gar sen Ishon,
Zarba berishsa bo'lgin qalqon,
Kechirishmasa sen ber Imkon,
Do'st keragida, yolg'izlatma...

Qorong'ulikda bo'lib chiroq,
Yomonliklarni etib yiroq,
Olisda bo'lsang bo'lgin, biroq
Do'st keragida, yolg'izlatma...

Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 2015 | Yubordi: M.N | Joylashtirdi: JET | Reyting: 4.0
JET Servis Хостинг от uCoz