Yakshanba, 7:07 AM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
Bizning portal haqida qayerdan bildingiz?
Jami javoblar: 552
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2014 » Mart » 25 » Singlim
Singlim

Yulduzning shu'lasi ko'zing nuriday,
Ko'nglingni pokligi sadafdanda sof.
Nechun xomushdirsan chashmi zilolim,
Ayni to'lgan mahal shodlikka atrof.
G'amlarni chetlab o't,qayg'urma, gulim,
Bekorga ko'nglingni o'ksitma singlim.

Qara, bahor kelgan atrof lolazor,
Zimistondan qutqar, ozod et diling.
Balki mehring kutar, entikib kimdir,
Dunyoga kulib boq,taqdim et sevging.
O'ksinsang suv bo'lib oqadi ko'nglim,
Bekorga ko'nglingni o'ksitma singlim.

Mol davlat o'tkinchi dard ham o'tkinchi,
Hammasi bir kuni yakun topadi.
Dilda saqlasak biz yolg'iz Ollohni,
U bizga mehr berib quchoq ochadi.
Hammaga barobar qismatdir o'lim,
Bekorga ko'nglingni o'ksitma singlim.

shunday qizlar borki dunyoda afsus,
Qalblari so'qir husniga qullar.
Ularning hayoli zino bilan band,
Ularga hayfdir dil, hayf erur gullar.
Sen,ko'kdagi oysan hammadan so'lim,
Bekorga ko'nglingni o'ksitma singlim.

Men bir shoir sifat so'zning jinnisi,
Ne qila olardim yozishdan bo'lak.
Senga tortiq etdim ushbu bitikni,
Zora jilmaysaydi sendagi yurak.
She'r nima, qo'shqo'llab tutaman dilim,
Bekorga ko'nglingni o'ksitma singlim.

Kategoriya: Qo'shiq matni | O'qishlar soni: 9753 | Yubordi: Hamroqul | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz