Dushanba, 1:09 PM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
Portalimizda sizga qaysi sahifa ko'proq yoqadi
Jami javoblar: 889
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2016 » Iyun » 15 » Qizlarga
Qizlarga

Qizlar,  sizga  arzim  bor,
Toliqib  qolmang  turib.
Boshlayman  bir  chekkadan,
Eshiting  jim  o’tirib.

Mayli,  bugun  maydagap
Bo’laqolay,  jon  qizlar.
So’zla,  deydi  tillarim,
Yurak  bo’ldi  qon,  qizlar.

Tan  bermadim  unchalik
Poshnangizning  uchiga.
Qocholmaysiz,  quvlasa
Teshavoyning  kuchugi.

Momom  aytgan: “Sochlarim
Tizzagacha  o’sardi”.
Sizda  ham  o’ssin,  hech  yo’q
Belingizni  to’sardi.

Yelka  ochiq,  bel-ku..,  eh,
Qani  nomus,  or,  qizlar?
Kammidi-ya  shunchasi,
Shimga  nima  bor  qizlar?

Shim  kiyib  o’tsa, (qarang!)
Mullaxonning  xotini,
Hurkitarmish  har  safar
Elomonning  otini.

Nigohingiz  yovqarash,
Erkakchadir  qadamlar.
(Mehr  to’la  ko’zlarga
Nima  bo’ldi  odamlar ?!)

Eh  qizlarjon,  qalam,  men –
Kim  edikki  o’zimiz,
Sizdek  bag’ritoshlarga
O’tar  bo’lsa  so’zimiz.

Yuravering  chopqilab,
Zamonaga  tenglashib.
Soxta  kiprik,  kalta  soch,
Yana  kalta  yenglashib.

Hafa  bo’lmang,  singlimdek
G’amingizni  yeyman-da.
Shu  ketishda  kuyovsiz
Qolib  ketmang,  deyman-da.

Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 3383 | Yubordi: Jaloliddin Umar | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz