Dushanba, 6:47 AM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
She'r bilan sevgi orasida bog'liqlik bormi?
Jami javoblar: 792
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2016 » Avgust » 21 » Muhabbat
Muhabbat

Bu hijron dardiga bormi nihoya,
Ketarmi ko'ngildan bir zum tushkunlik?!
Tusharmi xayolda bir yangi g'oya,
Nursiz kunlarimga mazmun bo'lgulik?!

Umrimning mazmuni yo'qolgan go'yo,
Oq-qora tasvirda borliq nazdimda.
Qalbim sarhadlari tundek zim-ziyo,
Bo'gulib qolgudek yuragim bunda.

Bir najot istaydi intiq yuragim,
Barini ko'ngildan chiqarish uchun.
Osmon-u falakka keladi uchgim,
Hijronli lahzalar bunchalar uzun?!

Alamim o'tida yonib ketaman,
Yig'laydi hattoki qo'limda qalam.
May ichib gohida qotib qolaman,
Begona ko'rinib ketadi olam.

"Qaydan deb so'rarsiz bunchalik alam,
Bunchalik nadomat chekasan nechun?
Nahotki sarhadsiz yorug' bu olam
Qorong'u ko'rinsa faqat sen uchun?!"

Yo'q,aslo,bo'lmayman noshukr hecham,
Menga ham yaratgan mehrini bergan.
Insonga ne zarur bari menga jam
Yo'llarim qarshimda gurkirab turgan.

Bir tuyg'u ammo lek meni qiynaydi,
Qiynog'i umrimni kemirar chog'i.
Dardimni yashirin yursam bo'lmaydi,
Qalbimni kuydirgan muhabbat dog'i.

Muhabbat bor joyda hayot qaynarmish,
Emishki muhabbat insonning ko'rki.
Lek uning yo'lida men to'karman yosh,
Hali hech mehrini tuymadim chunki.

Muhabbat yo'limda uchrasa agar,
Qorong'u qalbimga porlar edi nur.
Baxtli uyg'onardim har tong-har sahar,
Qaqshagan jonimga kirardi huzur.

Eng quvnoq insonga aylanib shu dam,
G'am deb atamasdim eng og'ir g'mni.
Betartib kunlarga so'ng qo'yib bar ham,
Gullarga ko'mardim butun olamni.

Ichmsdim sharobni o'zimni xo'rlab,
Zarurmi jonimga shunchalik azob?!
Yurardim muhabbat sehridan yayrab,
Etmasdim bekorga o'zimni xarob.

Hijronning dardiga bo'lar nihaya,
Qachoki ko'ngilga kelsa muhabbat.
Yurakka tushkunlik solmaydi soya
Haqiqiy sevgini uchratsa faqat.

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 3757 | Yubordi: Hamroqul | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz