Dushanba, 4:28 PM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
Romantika deganda nimani tushunasiz?
Jami javoblar: 656
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2016 » Dekabr » 8 » Ko'ngilning pinhona ko'chalarida...
Ko'ngilning pinhona ko'chalarida...

Sirlar yashirindir, dardlar yashirin,
Tabassum ortida g'amlar yashirin.
Yaqining bergan og'u tuyilar shirin,
Ko'ngilning pinhona ko'chalarida...

U sevsa sevgi-yu, sen sevsang havas,
Aytchi, usizlikda ololasanmi nafas?
U erkin bir qush, sening koshonang qafas,
Ko'ngilning pinhona ko'chalarida...

Xafalik yarashmas go'zal chehrangga,
Hayoting burkansin eng yorqin rangga.
Tuz emas, malham qo'ysin seni yarangga,
Ko'ngilning pinhona ko'chalarida...

Aytilsin aytilmay qolgan gaplaring,
Berilsin sen unga bitgan xatlaring.
Yonmasin yurak, yonsin suratlaring,
Ko'ngilning pinhona ko'chalarida...

Quyoshning nurlarin to'sganda bulut,
Hislaring barchasin o'z ichingga yut.
Bevafoni ham hayot, ham hayolda unut,
Ko'ngilning pinhona ko'chalarida...

Goh shirin baxtdan sarmast etar tuyg'ular,
Goh achchiq darddan tugar yuzda kulgular.
Hayolning ming ko'chasida qolar uyqular,
Ko'ngilning pinhona ko'chalarida...

Hammasi oddiy, o'sha-o'sha hayot,
Avtobus bekatida ming xil hayolot.
Har kimning dardi bor lek ular menga yot,
Ko'ngilning pinhona ko'chalarida...

Kuyov bola yonida turar kelinchak,
Ko'zidan ohista yosh tomar chak-chak.
Bir yil o'tib kelin tebratadi belanchak,
Ko'ngilning pinhona ko'chalarida...

Hayot bukar qaddimiz, ammo sinmaymiz,
Mag'lubiyat alamida hecham tinmaymiz.
Aslida bu hayotda kim g'olib, bilmaymiz,
Ko'ngilning pinhona ko'chalarida...

Hasad va havas doim turar yonma-yon,
Kim yaxshi, kim yomonligi ungadir ayon.
Yakuni bor barining, yetarkan poyon,
Ko'ngilning pinhona ko'chalarida...

Umida, aql bir yon, ko'ngil bir yondir,
Muz bir yon, otashingda ularni yondir.
Oshiqlarning anor misol yuragi qondir,
Ko'ngilning pinhona ko'chalarida...

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 4016 | Yubordi: Umida Shodmonovna | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz